Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi

Foto: RIA
USM Holding xo‘jayini Alisher Usmonov Rossiyaning soliq to‘lovchisi maqomidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda Forbes jurnali. Bu xabarni USM matbuot xizmati ham tasdiqlagan. Rossiya soliq qonunchiligiga ko‘ra, RF soliq to‘lovchisi hisoblanish uchun mamlakatda kamida olti oy istiqomat qilish lozim. Rossiyada jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda ularning fuqaroligiga e'tibor berilmaydi. Aksincha, bir yilning 183 kunida Rossiyada yashagan kishi soliq to‘lovchi hisoblanadi.
USM vakilining jurnalga ma'lum qilishicha, hozirda Usmonov amaliy faoliyat turlarini tark etgan va diqqatini sport, xayriya va filantropik faoliyatga qaratgan. U, Qilichbozlik xalqaro federatsiyasi prezidenti va XOQning Olimpiya televizion kanalini barpo etish komissiyasi a'zosi hisoblanadi.
"Shu va tibbiy sabablar tufayli u 2015 yilda RF Soliq Kodeksiga binoan, o‘zining soliq to‘lovchi maqomini tasdiqlash uchun talab etiluvchi 183 kun Rossiyada bo‘lmagan. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi hamda uning prezidenti qarorgohi Lozanna va Monakoda joylashgan. Albatta, bu USM xoldingining biznesi va tuzilmasiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmaydi", - deyiladi USM matbuot-xizmati.
Xabarlarga ko‘ra, Usmonov so‘nggi bir necha yilda jismoniy shaxs sifatida Rossiya g‘aznasiga 350 mln dollar miqdorida soliq to‘lagan. Uning xoldingiga kiruvchi kompaniyalar esa, 2015 yilning o‘zida 100 mlrd rublga yaqin soliq to‘lagan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

00:29
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi

19:24 / 16.04.2025