Finlandiya Taşqi işlar vazirligi 21-avgust, juma kuni Rossiya elçisi Pavel Kuznetsov vazirlikka çaqirilganini maʼlum qildi. Bunga Rossiyaning razvedka samolyoti Finlandiya havo hududini buzgan bölişi mumkinligi sabab bölgan.

Finlandiya çegara qöriqlaş xizmati maʼlumotlariga köra, gap Rossiyaning Il-20 samolyoti haqida ketmoqda. Samolyot bir kun avval Finlandiya havo hududiga kirib, u yerda taxminan uç daqiqa davomida harakatlangan.

Hodisa Fin körfazining ğarbiy qismida sodir bölgan. Finlandiya rasmiylari voqea tafsilotlarini örganmoqda. Rossiya elçisining Taşqi işlar vazirligiga çaqirilişi ham hodisa yuzasidan Moskva tomonining izohini oliş bilan boğliq.

Bundan avval, iyul oyi oxirida Finlandiya Qurolli kuçlari mamlakat janubiy sohillarida, Rossiya bilan çegaraga yaqin hududda havo makonining muayan qismini yopgan va dengizda harakatlanişga çeklovlar joriy qilgan edi.

Reuters maʼlumotiga köra, bu qaror Rossiyadagi nişonlarga yönaltirilgan Ukraina dronlari NATOga aʼzo davlatlar havo hududiga kirib qolişi bilan boğliq bir qator hodisalardan keyin qabul qilingan. Bunday holatlar, xususan, Finlandiya, Estoniya va Latviyada qayd etilgan.