Qonunchilik palatasiga “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kiritildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kiritildi.
Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, maromiga yetkazish va yalpi majlis kun tartibiga kiritish uchun palataning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi mas'ul etib belgilandi.
Qonun loyihasi ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ma'muriy qamoqni o‘tash prinsiplari, tartibi, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holati, qonuniy manfaatlarini belgilab berish, shuningdek, ularda boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga, umumqabul qilingan an'analarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish ruhini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihada ma'muriy qamoq o‘tashning asoslari, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalarning, shuningdek, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqiy holatini, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonalarda qabul qilish, joylashtirish va saqlash tartibini, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) maxsus qabulxonaga tashrif buyurish qoidalari kabi bir qator me'yorlar aks ettirilgan.
- Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ma'muriy qamoqni o‘tash qonunda belgilangan qoidalar asosida amalga oshirilishi nazarda tutilishi ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan ma'muriy qamoqni o‘tashning aniq qoidalari, ma'muriy qamoq ko‘rinishidagi jazoni o‘taydigan joylar va ularning huquqiy holati belgilab berilmaganligi sababli mazkur qonun loyihasi qonunchilikdagi ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi, - deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi Bunyodjon Eshonqulov.
Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining joriy yil 20 oktabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan yalpi majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi.
Manba: parliament.uz
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
20:25 / 23.07.2024
Xorijdagi mahkum o‘zbekistonliklar jazoni vatanida davom ettirishi mumkinligi belgilanmoqda
19:14 / 23.07.2024
O‘zbekistonda “treningchi”lar faoliyati tartibga solinadi
14:10 / 09.07.2024