Yaponiya hukumati Rossiyaga janubiy Kuril orollarini birgalikda boşqariş taklifini ilgari surişni rejalaştirayapti. «Nikkey» naşri ikki mamlakat hukumatlaridagi manbalariga tayangan holda şu haqda yozmoqda. 

Qayd etilişiça, Moskva hamda Tokioning birgalikda foydalanişga kelişib olganida ham uni hayotga tatbiq etiş masalasiga bir neça yillar kerak böladi. 

Naşrga köra, janubiy Kuril orollarini boşqarişda hamkorlik qiliş ğoyasi Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abega tegişlidir. Yaponiya Rossiyadan Xabomai va Şikotan orollarini qaytib olişni va Kunaşir, Iturup orolini boşqarişda hamkorlik qilmoqçi.

«Agar Yaponiya va Rossiya birgalikda boşqarişga böyiça kelişuvga erişa olsa, bu mamlakatlar örtasidagi tinçlik bitimini imzolaşni tezlaştiradi», — deb yozgan gazeta.