AQŞ ma'muriyati Rossiyaning "xakerlik hujumlari va AQŞ prezidentlik saylovini barbod etişga urinişlari"ga qarşi turli çoralarni körib çiqmoqda, biroq ular haqida avvaldan ogohlantirmaydi. Oq uy rasmiy vakili Joş Ernest şu haqda ma'lum qilgan.

AQŞ Demokratik partiyasi Rossiyaning Amerika prezidentlik saylovi natijasiga ta'sir körsatiş maqsadida bir neça marotaba partiya serverlariga xakerlik hujumlari sodir etganini ta'kidlagan edi. 

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin esa, e'lon qilinayotgan ma'lumotlarda Moskva manfaatlariga javob beradigan biron narsa yöqligini aytgandi. 

"Oliy boş qömondoni ruslarning siyosiy tizimimizni buzişga urinayotganiga munosib javob beriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Qanday qaror qabul qilinmasin, biz uni oldindan e'lon qilmasak kerak", — degan Obama matbuot kotibi. 

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ "nafaqat bu haqda e'lon qilmasligi, balki heç qaçon buni tan olmasligi ham mumkin". Ernestning sözlariga köra, prezident "Rossiya sodir etgan işlarni baholaşda davom etayapti".

Şu bilan birga, Oq uy vakilining sözlariga köra, AQŞning javob harakatlari faqatgina "kiberkenglikdagi javobdan iborat bölmaydi", balki "moliyaviy sanksiyalar"ni ham öz içiga olişi mumkin.