Olimlar homilador ayollar uçun mutlaqo taqiqlangan 8 mahsulotni aniqlaşdi. Bu mahsulotlar iste'mol qilinmasa, bolani yöqotiş xavfi kamayadi va soğlom farzand köriş imkoni köpayadi. Bu haqida "Ortodoks" tibbiy portali ma'lum qildi.
Manbaga köra, homilador ayollarga simob miqdori yuqori bölgan dengiz mahsulotlari taqiqlanadi. Zero bu tuğilajak bola uçun zaharli ta'sir körsatadi. Natijada bola tuşişi yoki rivojlanişdan ortda qoliş belgilari bilan tuğilişi xavfi paydo böladi.
Bundan taşqari, homiladorlik paytida ayollarga papayya va ananas kabi ekzotik mevalarni iste'mol qiliş ham taqiqlanadi. Papayya homiladorlikning ilk oylarida juda salbiy ta'sir körsatadi, ananasda esa bola uçun zaharli bromelayn mavjud.
Şuningdek taqiq ostiga tuşgan mahsulotlar orasida sut ham bor, faqat issiqlik bilan işlov berilgan sutnigina içiş mumkin. Xom tuxum iste'molini xuş köruvçilarga ham bu odatidan voz keçiş tavsiya qilinadi, çunki tuxum sariğini içilganda organizmga infeksiya tuşişi va bu tuğilajak bolaga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.
Tarkibida katta miqdorda kofein bölgan mahsulotlar ham homilador ayollarga taqiqlanişi ma'lum böldi. Kofeinli mahsulotlar homiladorlik davrida yurak sohasiga salbiy ta'sir körsatadi. Jigar homilador ayollarning "qora" röyxatidan joy olişi kerak, zero u bolaning asab tizimiga ziyon yetkazişi mumkin.












