Pentagon Iroqning Mösul şahri uçun janglarda bir nafar amerikalik harbiy halok bölganini ma'lum qildi. Hozirda bu şaharni IŞID jangarilaridan ozod qiliş böyiça katta kölamli operatsiya olib borilmoqda. Pentagon ma'lumotlariga köra, harbiy 20 oktabrda halok bölgan. Bu haqda bir qator OAV xabar bermoqda.
"AQŞ harbiysi Iroq şimolida qölbola portlovçi qurilma portlaşi oqibatida olingan jarohatlar sababli halok böldi", deb aytilgan xabarda.
Associated Press axborot agentligi öz manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, harbiy portlovçi qurilmalarni xavfsizlantiruvçi mutaxassis bölgan, u iroqlik kurdlarga öq-dorilarni utillaştirişda yordam bergan.








