Suriyada taxminan 2 ming, Iroqda esa 5,2 ming amerikalik harbiy bor. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Dana Uayt jurnalistlar uçun brifingda ma'lum qildi.
“Iroqda taxminan 5,2 ming, Suriyada 2 ming harbiy bor. Balki köproq yoki kamroqdir”, deb aytgan Uayt.
Uning aytişiça, AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bu ma'lumotlar ommaga ma'lum bölişini qöllab-quvvatlamoqda, biroq bu masalada “harbiylarni qabul qilayotgan davlatlarni hurmat qiliş” hamda “xavfsizlikka” amal qiliş kerak.
Avvalroq Suriyada 500 dan sal köproq amerikalik harbiy borligi ta'kidlangan. Uaytning aytişiça, Suriyada IŞIDga qarşi kuraş hali yakunlanmagan.








