Xitoy bozorida iPhone 7 smartfonlarini sotiş sur'ati iPhone 6s telefonlari çiqarilgan vaqtdagi körsatkiçdan quyi raqamni ifodalamoqda. Bu haqda CNBC telekanali UBS tadqiqotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

«iPhone 7 telefoniga qiziqiş sust. Distribyutorlar orasida ötkazilgan tadqiqot natijasi iPhone 7 savdosi iPhone 6s çiqqan vaqtdagi savdo hajmiga qaraganda pastligini körsatdi», — degan UBS tahlilçisi Stiven Minuloviç.

U şuningdek, Apple Xitoy bozorida mahalliy işlab çiqaruvçilarga örnini böşatib berayotganini ta'kidlagan. Minuloviçning sözlariga köra, Apple brendi hamon kuçli, ammo App Store ilovalar manbasiga ulaniş murakkab va sekindir. 

Avvalroq, Xitoyda iPhone 7 portlaşi bilan boğliq ilk hodisa qayd etilgan edi.