Pekin universiteti paleontologlari Xitoydagi kremniyga boy toğ jinslaridan topilgan qoldiqlarni örganib, qadimiy hayvonning yangi turini tavsifladi. Unga Spinosoma reticulatus nomi berildi. Tadqiqot natijalari Communications Biology jurnalida eʼlon qilindi.

Kembriy davrining boşlaridayoq dengizlarda taşqi qoplamasi murakkab tuzilgan jonivorlar yaşagan. Biroq ularning yumşoq töqimalari alohida aʼzolarini örganiş mumkin bölgan darajada kamdan-kam saqlanadi.

Şu sababli eng qadimgi hayvonlar haqidagi bilimlarimiz köp jihatdan qaysi töqimalar qanday jinslar orasida saqlanib qolganiga boğliq.

Bunday topilmalar pöst taşlovçi hayvonlarning kelib çiqişini örganiş uçun ayniqsa muhim. Bu ulkan evolyutsion guruhga bugungi böğimoyoqlilar, yumaloq çuvalçanglar va boşqa jonivorlar kiradi. Ularning umumiy xususiyati - ösiş jarayonida taşqi qoplamasini taşlab, yangilab turişidir.

Xitoylik olimlar avval ham qadimgi çuvalçanglarning ayrim aʼzolarini örgangan va ularning pöst taşlaganini körsatuvçi dalillarni topgan edi. Ammo bunday topilmalarning katta qismi sayoz suvli muhit bilan boğliq bölib, töqimalar örnini fosfat minerallari egallaşi tufayli saqlangan.

Yangi tadqiqotda esa boşqaça material - kremniyga boy jinslar içidagi qoldiqlar örganilgan. Ular joylaşgan qatlamlarning yoşi taxminan 538 million yil deb baholangan. Buning uçun qatlamlarning geologik kesimdagi örni va ular bilan birga topilgan mikroskopik qazilmalar hisobga olingan.

Eng yaxşi saqlangan namunaning uzunligi qariyb 1,5 millimetrni taşkil etadi. Biroq uning tanasining orqa qismi yöqolgan. Demak, jonivor tirikligida bundan uzunroq bölgan.

Olimlar uşbu namunadan taşqari taşqi qoplamaning köplab alohida parçalarini ham tahlil qilgan.

Qoldiqlar mikroskop ostida örganilib, ularning umumiy şakli, börtiqlarining joylaşuvi va qoplama tuzilişi taqqoslangan. Saqlanib qolgan uglerodli moddaning kimyoviy xususiyatlarini tekşiriş uçun Raman spektroskopiyasidan foydalanilgan.

Jonivor qoldiğidan olingan spektrlar uning yonidan topilgan qazilma suvötlar va sianobakteriyalar spektrlari bilan soliştirilgan. Bu taqqoslaş dastlabki biologik farqlarni qoldiqlarning kömilişi va toğ jinslarining qizişi oqibatida yuzaga kelgan özgarişlardan ajratişga yordam bergan.