«Yunçjou» kompleksi Xitoyning Çjetszyan viloyatidagi Ninbo va Çjouşan şaharlarini boğlaydigan Szintan suvosti tunneli qurilişida işlamoqda. Uşbu inşoot dunyodagi eng uzun dengiz osti tezyurar temiryöl tunneli sifatida tavsiflanyapti.

Tunnelning umumiy uzunligi 16,18 kilometrni taşkil etadi. Şundan 11,21 kilometri maxsus tunnel qaziş maşinalari yordamida oçiladi. Ikki tomondan bir-biriga qarab harakatlanayotgan komplekslar dengiz ostida belgilangan nuqtada tutaşişi kerak.

Ninbo tomonidan işlayotgan «Yunçjou» hozirga qadar tört kilometrdan ortiq masofani qazib ötgan. Bu maşinaga ajratilgan qaziş işlarining qariyb 83 foizi bajarilganini anglatadi.

Hozir kompleks trassaning qariyb 93 metr çuqurlikdagi qismiga yaqinlaşmoqda. Oldinga siljigani sari geologik şaroit murakkablaşib, qaziş işlari ham qiyinlaşyapti.

Operatorlar maşinani qaziş nuqtasidan bir neça kilometr uzoqlikda, quruqlikda joylaşgan boşqaruv markazidan nazorat qiladi. Şu bilan birga, kompleks içidagi mutaxassislar uskunalarning işlaşini joyida kuzatib turadi.

Masofaviy boşqaruv tizimi yer ustidagi markazni maşinaning yer ostidagi işçi tizimlari bilan boğlaydi. Kameralar va datçiklar aylanuvçi kesiş qismining holati, keskiçlarning yeyilişi hamda qaziş körsatkiçlarini real vaqtda kuzatadi. Bu muhandislarga nosozliklarni paydo bölişi bilan aniqlaş imkonini beradi.

Nazorat tizimi ogohlantirişlarni bevosita mutaxassislarning smartfonlariga ham yuboradi. Masalan, kesiş qismining burovçi momentida ğayrioddiy özgariş kuzatilsa, tunnel qoplamasining segmentlari siljisa yoki moy tizimi va ziçlagiçlardagi bosim özgarsa, masʼul xodimlar darhol xabar oladi.

«Yunçjou» aynan şu trassaning murakkab geologik şaroitlariga moslab yaratilgan. Uning qaziş diametri 14,57 metrni taşkil etadi, aylanuvçi old qismiga esa 308 ta keskiç örnatilgan. Kompleks 2024-yil may oyida iş boşlagan.

Ninbo tomonidagi yönalişning qariyb 70 foizi qaziş uçun noqulay qatlamlardan iborat. Maşina ayrim joylarda yaxlit qattiq qoya jinslarini, boşqa hududlarda esa yumşoq gruntni kesib ötişiga töğri keladi. Baʼzi uçastkalarda uning kesiş qismi bir vaqtning özida ham yumşoq gruntga, ham öta qattiq toğ jinslariga duç keladi.

Qoya jinslarining mustahkamligi 240 megapaskalgaça yetadi. Manbada keltirilişiça, bu oddiy beton mustahkamligidan sakkiz baravardan ham yuqori.