Britaniyaning The Independent nashri yozishicha, bu choralar sobiq jihodchilarning jamiyatga qayta qo‘shilishiga imkon berib, ularning terrorchilik faoliyatiga qaytishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
«Insonni jamiyatga qayta qo‘shish uni rad etishdan arzonga tushadi», — deydi zo‘ravonlik terrorizmiga qarshi munitsipal muvifiqlashtiruvchisi Anna Shyostrand.
Uning qayd etishicha, bunday amaliyot Shvetsiyada jinoiy guruhlar va neonatsist tashkilotlarning sobiq a'zolariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
2015 yil noyabr oyida Shvetsiya davlat xavfsizligi organlari Suriyadagi terrorchilar safiga kirgan 286 nafar shved fuqarosi borligini hisoblab chiqqan edi.











