Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 iyuldagi 389-son qarori bilan jismoniy şaxslarga mol-mulk va yer soliqlari böyiça imtiyozlarni elektron tarzda rasmiylaştiriş imkonini beruvçi ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, fuqarolar soliq imtiyozidan foydalaniş uçun Elektron soliq xizmatlari portali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat yuborişi mumkin.
Elektron murojaat kelib tuşgaç, soliq organining mas’ul xodimi taqdim etilgan ma’lumotlarni soliq organlarida mavjud axborotlar asosida ikki iş kuni içida örganadi. Tekşiruv yakunlariga köra, soliq imtiyozini qöllaş yoki uni rad etiş haqida xulosa rasmiylaştiriladi.
Soliq organining tegişli xulosasi yana bir iş kuni içida fuqaroning Elektron soliq xizmatlari portalidagi şaxsiy kabinetiga yoki my.gov.uz portali orqali yuboriladi.
Murojaat rad etilgan taqdirda, fuqaro rad etişga sabab bölgan kamçiliklarni bartaraf etib, takroran ariza beriş huquqiga ega. Qayta yuborilgan murojaat ham belgilangan reglament talablari asosida körib çiqiladi.
Yangi tartib soliq imtiyozlarini oliş jarayonini soddalaştiriş, ortiqça qoğozbozlikni kamaytiriş va davlat xizmatlaridan masofadan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
















