Özbekistonda ayrim toifadagi fuqarolarning transportdan imtiyozli foydalanişini tartibga solişga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1 oktyabrdan uruş nogironlari va iştirokçilari, ularga tenglaştirilgan şaxslar hamda Çernobil AES halokati oqibatida nurlaniş kasalligiga çalingan şaxslarga havo va temiryöl transporti, şuningdek, şaharlararo avtobuslar uçun bepul yoki 50 foiz çegirmali çiptalar beriladi.
Imtiyozli çiptalar aviakompaniyalar, «Özbekiston temiryöllari» AJning vakolatli bölinmalari, avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan taqdim etiladi.
Bunda fuqaroning imtiyozli toifaga kirişi Ijtimoiy himoya milliy agentligining «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali avtomatik ravişda tekşiriladi.
Imtiyozli çipta oliş uçun fuqarolardan faqat şaxsini tasdiqlovçi hujjat - ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi.
Transport turiga qarab, havo transportida «ekonom» tarifi böyiça, temiryöl transportida esa «ekonom», platskart yoki kupeli joylar uçun çiptalar taqdim etiladi.
Şuningdek, Mudofaa, Içki işlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamğarmasi öz axborot tizimlaridagi imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslar haqidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligiga doimiy ravişda taqdim etib boradi.
2027-yil 1-yanvardan esa fuqarolar avia, temiryöl va şaharlararo avtobus çiptalarini «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi - «Baraka» orqali bepul yoki imtiyozli şartlarda xarid qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Imtiyozlar asosida körsatilgan transport xizmatlari xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Ma’lumotlarga köra, 2025-yilda transport xizmati körsatuvçi taşkilotlar tomonidan qariyb 50 ming nafar şaxsga umumiy qiymati 4,3 milliard söm bölgan imtiyozli yöl çiptalari taqdim etilgan.












