Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parvoz vaqtida krossovkasini yo‘qotib qo‘ygan parashyutchi uni quvib yetishga muvaffaq bo‘ldi
Texaslik parashyutchi 3000 metrlik balandlikda krossovkasini tushirib qo‘ydi, lekin bunday kutilmagan vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va unga yetib oldi. Uning dubulg‘asiga o‘rnatilgan kamera bu jarayonni muhrlashga ulgurdi.
Video qahramonlari ikki nafar parashyutchi qo‘l ushlashib samolyotdan sakraydigan tryukni ijro etishayotgan edi. Bunda ulardan birigina parashyutni ochishi kerak bo‘lgan. Shundan keyin ular yoki ajralishi, yo bo‘lmasa, bir parashyut ostida yerga tushishlari mumkin bo‘lgan.
Biroq bu safar barchasi rejadagidek chiqmadi. Operator parashyutni ochganda uning sherigi to‘satdan ajralib qoldi. U bilan birga krossovka ham uchib ketdi. "Poyabzalni quvish" jarayoni taxminan bir kilometr masofagacha davom etdi, lekin oxir-oqibat parvoz barcha uchun muvaffaqiyatli yakun topdi.
Mavzuga oid
14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi
14:36 / 07.07.2025
Texasda suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi
13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
17:44 / 05.07.2025