12:54 / 22.10.2016
9713

“Yuventus” – “Milan”, “Chelsi” – “Manchester Yunayted” va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar

22-23 oktabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

La Liga. “Valensiya” – “Barselona” (Shanba, 22 oktabr, 19:15)

Chezare Prandelli “Valensiya” bosh murabbiyi bo‘lganidan keyin “ko‘rshapalaklar” g‘alaba qozondi. Endilikla italiyalik mutaxassisning qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsata beradigan o‘yin kutmoqda. “Barselona” – ayni paytda o‘zining optimal holatiga chiqib bo‘ldi. Jamoa YeChLda “Manchester Siti”ni mag‘lub qilganidan keyin bu o‘yinga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Ko‘ramiz, bugun “Valensiya” tutqich bermayotgan “Barselona”dan ochko tortib olishning uddasidan chiqarmikan?

A Seriya. “Yuventus” – “Milan” (Shanba, 22 oktabr, Match! Futbol 2, 23:45)

Italiya A Seriyasining 9-turining markaziy bahsi “Yuventus” hamda “Milan” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Turinda kechadigan o‘yin har ikkala jamoa uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. “Yuve” ayni paytda 21 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. “Milan” hisobida esa 16 ochko bor va ular 3-o‘rinda ketmoqda. Har ikkala jamoada ham bittadan jiddiy yo‘qotishlar bor. “Yuventus” safida asosiy himoyachi Jorjio Kellini maydonga tusha olmasa, “rossonerilar” safida Rikardo Montolivo jarohati sababli, o‘ynay olmaydi.

RFPL. “Lokomotiv” – TsSKA (Yakshanba, 23 oktabr, Match TV, 18:30)

Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumini “Lokomotiv” jamoasi o‘ta omadsiz boshladi. Yuriyo Syomin ham jamoani ayni vaqtdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga nimalar sabab bo‘layotganligini tushuna olmayapti. TsSKA esa 3-o‘rinda ketmoqda. Ikki jamoa 11-turda o‘zaro to‘qnash keladi. Mosvka derbisining navbatdagi o‘yinida “Lokomotiv” yana mag‘lub bo‘lsa yoki durang qayd etsa, murabbiylar shtabida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

APL. “Chelsi” – “Manchester Yunayted” (Yakshanba, 23 oktabr, Match! Futbol 1, 20:00)

Angliya Premer-ligasining har bir turida qiziqarli o‘yinlar davom etmoqda. 9-turning markaziy bahsi Londonda bo‘lib o‘tadi. “Chelsi” uyda “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. Joze Mourino o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Ayni paytda bu jamoalar turnir jadvalida turli joyda joylashgan. Hozirda “Chelsi” 8 turdan keyin 16 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. “MYu” esa 14 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fransiya. PSJ – “Marsel” (Yakshanba, 23 oktabr, Match! Futbol 1, 23:45)

Mavsumni ikkala jamoa ham yaxshi boshlay olgani yo‘q. PSJ amaldagi chempion bo‘lishiga qaramay, yangi bosh murabbiy qo‘l ostida chempionatni bir tekis o‘tkaza olmayapti. “Marsel” esa 9 turdan keyin 12 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Bu o‘yin oldidan jamoaga Rudi Garsiya bosh murabbiy etib tayinlandi. Endilikda yangi mutaxassis qo‘l ostida “Marsel” PSJga qarshi maydonga chiqadi.

Manba: Tribuna.uz

Top