Toşkentda 11-avgust kuni «Paxtakor» va Iordaniyaning «Al-Husayn» klubi örtasida Osiyo Elit Çempionlar ligasi saralaş öyini ötkazildi.
Bahsda mezbonlar katta ustunlikka erişdi va 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Gollar Dostonbek Hamdamov (2 ta) va Başar Resan hisobiga yozildi.
Bu ğalabadan söng, «Paxtakor» Elit OÇL liga bosqiçiga çiqdi va Farğonaning «Neftçi» klubi bilan birga Özbekiston şarafini himoya qiladigan böldi.
Osiyo Elit Çempionlar ligasi qit’aning klublar örtasidagi eng nufuzli turniri hisoblanadi. Unda 32 ta klub iştirok etadi, qur’a taşlaş marosimi 18-avgust kuni ötkaziladi.
Liga bosqiçi öyinlari 14 sentyabr kuni boşlanadi.

















