Ispaniyaning «Barselona» klubi sobiq hujumçisi, hozir MLS’ning «Çikago Fayr» jamoasida töp tepayotgan Robert Levandovskini rasmiy saytidagi klub afsonalari bölimiga qöşdi.

37 yoşli polşalik futbolçi klub tarixida eng sezilarli iz qoldirgan öyinçilar röyxatidan joy oldi. Bu bölimda, şuningdek, Lionel Messi, Xosep Gvardiola, Diyego Maradona, Yoxan Kroyff va «Barselona»ning boşqa sobiq futbolçilari ham bor. Röyxatda jami 110 ta ism mavjud.

Levandovski Myunxenning «Bavariya» klubidan transfer qilinganidan söng 2022-yildan beri töp tepib kelayotgan «Barselona»ni tark etişini ma’lum qilgandi.

Polşalik futbolçi Kataloniya klubi bilan uç marta Ispaniya çempionligi, bir marta mamlakat Kubogi va uç marta Superkubogini qölga kiritgan. Uning hisobida 193 ta öyinda urilgan 120 ta gol bor.

U Polşa terma jamoasi safida 167 ta öyinda 89 ta gol urgan (har ikkala körsatkiç böyiça rekordçi). Levandovski törtta Yevropa va ikkita Jahon çempionatida iştirok etgan.