Turnirning hal qiluvçi bahsi 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya milliy jamoalari örtasida bölib ötadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 20 iyul kuni soat 00:00 da boşlanadi. Vinçiçga maydonda uning hamyurtlari Tomaj Klançnik va Andraj Kovaçiç yordam beradi. Iordaniyalik Adham Mahadma öyinning zaxira hakami, uning yordamçisi etib esa şu mamlakat vakili Muhammad al-Kalaf tayinlandi.
Vinçiç 46 yoşda, u 2010 yildan beri FIFA toifasidagi hakam hisoblanadi. 2024 yilda sloveniyalik arbitr Çempionlar Ligasi finalini boşqargan, joriy Jahon çempionatida esa uçta öyinda işladi (Braziliya - Marokaş 1:1, Iordaniya - Jazoir 1:2, Meksika - Ekvador 2:0).
Meksika va Ekvador milliy jamoalari örtasidagi 1/16 final öyinida Vinçiç ekvadorlik himoyaçi Pero Inkapieni maydondan çetlatdi — futbolçi raqibi bilan gaplaşayotganda oğzini qöli bilan tösib olgan edi. Yangi qoidalarga köra, bu taqiqlangan.













