"Tolibon" terrorçilik guruhi jangarilari Afğonistonning Gilmend viloyatida xudkuşning avtomobiliga örnatilgan bomba yordamida kuçli portlaş sodir etdi. Maşinaning portlaşi aks etgan lavhalar internetda paydo böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Portlatilgan bino Afğoniston qöşinlariga tegişli bölişi mumkin. Hozirda Afğoniston hukumat qöşinlari Gilmend viloyatida jangarilarga qarşi harbiy operatsiya ötkazmoqda. 

Ta'kidlanişiça, Afğoniston armiyasi sezilarli muvaffaqiyatlarga erişgan, biroq keyinroq terrorçilar qayta guruhlanib, qarşi hujumga ötgan va bir neça terakt va pistirmalar uyuştirgan. Videoda aynan şunday hujumlardan biri aks etgan bölişi mumkin.