Kamida 174 mahbus qöriqçini öldirib va özi bilan qurol olib Gaiti şimolidagi turmadan qoçib ketdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Qoçqinlik Arkaxay aholi punktidagi turmadan sodir etilgan. Gaiti adliya vaziri Kamille Eduardning aytişiça, qoçqinlardan biri devordan yiqilib halok bölgan. Mahbuslar öqotar qurollarni öğirlab ketganlar.

Ta'kidlanişiça, ikki mahbus jarohat olgan. Hukumat qoçqinlarni BMT tinçlikparvar kuçlari yordamida qidirmoqda.