Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 uchun yangi tovon shaklini taklif etmoqda
Koreyaning Samsung kompaniyasi batareyalari yonib ketishi oqibatida qaytarib olinishi e'lon qilingan Galaxy Note 7 egalari uchun yangi tovon sxemasini taklif etmoqda. Bu AQSh va Janubiy Koreya sudlariga topshirilgan jamoaviy murojaatlarga qarshi o‘ziga xos javobdir.
Hozirda, ishlab chiqaruvchi Galaxy Note 7 smartfonini Galaxy S7 yoki Galaxy S7 Edge telefonlariga almashtirishni taklif etmoqda. Shu bilan birga, xaridorga narx o‘rtasidagi farq to‘lab beriladi. O‘z navbatida, bu qurilmalarni yangi Galaxy S8ga almashtirish mumkin bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, shu kabi dastur bir necha mamlakatlardagi Galaxy Club a'zolariga nisbatan allaqachon joriy qilingan. Uning ishtirokchilari eski flagman telefonini yangisiga almashtirishlari mumkin bo‘ladi. Bunda, ular har oy arzimagan mablag‘ni to‘lab turadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Janubiy Koreyada Samsung kompaniyasiga qarshi guruh bo‘lib arizalar topshirilgan. Galaxy Note 7 egalari, ishlab chiqaruvchi yetarli tovon taklif etmaganini da'vo qilishmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026