Hukumatning 2026-yil 7-oktabrdagi 542-son qarori bilan Patent vakilligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga köra, patent vakili sifatida röyxatdan ötganlik töğrisidagi guvohnomani endilikda Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalari beradi.

Guvohnoma olgan jismoniy şaxs respublika hududida patent vakili sifatida faoliyat yuritadi. U öziga murojaat qilgan şaxslarning intellektual mulk masalalari böyiça manfaatlarini ifoda etiş vakolatiga ega.

Biroq patent vakili guvohnomasida körsatilmagan ixtisoslik böyiça vakillik qilişi mumkin emas.

Patent vakillarini tayyorlaş va malakasini oşiriş Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti yoki Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oşiriladi. Bu işlar Patent vakillari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda taşkil etiladi.

Patent vakillari reyestri «Intellektual mulk muhofazasi» portalida eʼlon qilib boriladi.

Qarorga muvofiq, hozir faoliyat yuritayotgan patent vakillarining guvohnomalari 1-noyabrga qadar amaldagi ixtisosliklari böyiça qayta rasmiylaştiriladi. Buning uçun attestatsiyadan ötiş talab etilmaydi, davlat boji va boşqa tölovlar undirilmaydi. Ular Patent vakillari davlat reyestriga kiritiladi.