Galaxy Note 7 smartfonining butun dunyo böylab sodir bölayotgan öz-özidan yonib ketişi hodisalari kuzatilayotganiga qaramasdan, smartfon egalarining hammasi ham Samsung kompaniyasining qaytariş va almaştiriş dasturidan foydalanişmadi.

Tahlilçilarning fikriga köra, milliondan ortiq qurilmalardan hali-hanuzgaça foydalanilmoqda. Flagman qaytarilmasligining barçada öziga xos sababi bor. 

Hozirgi kunda Galaxy Note 7 egalari "smartfon-bomba"ni Galaxy S7 yoki Galaxy S7 edge smartfoniga kompaniya tomonidan tölanadigan qöşimça kompensatsiyani olgan holda almaştirişlari mumkin. Yoki Galaxy S7, Galaxy S7 edge narxining yarmini tölagan holda, 2017 yilda Galaxy S8 smartfonini tekinga olişlari mumkin. Şuningdek, flagman narxining töliq tölangan summasi qaytarilişi varianti ham mavjud. 

Galaxy Note 7ni almaştiriş istagi yöq foydalanuvçilar şuni yodda tutişlari kerakki, jahondagi köpçilik aviakompaniyalar öz reyslarida bu flagmanni birga olişni taqiqlaşdi, AQŞda esa bu jinoyat hisoblanadi. Foydalanuvçilarga qulaylik yaratiş maqsadida, Samsung AQŞ, Janubiy Koreya va Avstraliya aeroportlarida Note 7 almaştiriş markazlarini taşkil etdi.