Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S8 smartfoni ustidagi işni ikki haftaga töxtatdi. Bu kompaniya muhandislari Galaxy Note 7’ning qizib ketişi sababini aniqlaşga urinayotganlari bilan boğlangan. Smartfonlarning qizib ketişi ularning portlaşiga olib kelgan. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Hozirgaça muhandislarda bu nosozlikka nima sabab bölgani borasida javob yöq. Mutaxassislar buning turli sabablarini – mos kelmagan dasturiy ta'minotdan boşlab akkumulyator siğimining juda kiçikligigaça bölgan variantlarni körib çiqişmoqda.

Sentyabr boşida kompaniya nosozlik bartaraf etilganini ma'lum qilib, avval sotib olingan telefonlarni sozlariga almaştirib berişni boşlagandi. Biroq bundan keyin ham portlaş holatlari davom etavergan. Şu sababli Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7’larni işlab çiqarişni töxtatişga majbur bölgan va barça xaridorlarga qurilmadan foydalanmaslikni tavsiya qilgan.