Har yili faqatgina AQŞning özida taxminan 3,5 ming nafar gödak uyquda hayotdan köz yumadi. Soğlom bolaning birdaniga böğilişi yoki yurak urişi töxtaşi, ya'ni tasodifiy bolalar ölimi sindromi (TBÖS) bilan boğliq ölim holati şular jumlasidandir. Boşqaça qilib aytganda, bu sindrom yana "beşikdagi ölim" deb ham ataladi. TBÖS 1975 yildayoq Xalqaro kasalliklar tasnifiga qöşilgan. Biroq gödaklar ölimining aniq sabablari haligaça noma'lum. 

Tadqiqotçilar sindromga boğliq omillarni keltirib ötişdi: qorinda yotqiziş, haddan taşqari yumşoq krovat, onaning soğliği yomonligi va murakkab tuğruqlar, homila rivojlanişidagi muammolar. Ayniqsa, bola tuğilgan kundan boşlab, olti oygaça bölgan muddat xavf yoşi hisoblanadi, gödaklar ölimining 90 foizi şu muddatda qayd etilgan. 

Gödaklarning ota-onasi bilan bir örinda yotişi tasodifiy ölim sindromiga olib keliş yo kelmasligi haqida aniq ma'lumotlar yöq - Piter Saydbotem va Piter Fleming "Tasodifiy bolalar ölimi. Malaka oşirayotgan şifokorlar uçun qöllanma" (Unexpected death in childhood. A handbook for practitioners) kitobida ota-onalar bilan bir örinda yotganda TBÖS xavfi mavjudligi haqida söz yuritilgan. 

Biroq ba'zi kutilmagan ölim holatlari ota-onalarning loqaydligi tufayli sodir böladi. 

Bolalar köpinça oldini oliş mumkin bölgan havo yetişmovçiligidan jon berişadi. 

Bir xonada, lekin bir krovatda emas!

Amerika pediatriya akademiyasi (APA) a'zolari TBÖS haqidagi ma'ruza doirasida gödaklar ölimi xavfini kamaytirişda yordam beradigan, zamonaviy tadqiqotlarga asoslangan tavsiyalar röyxatini tuzib çiqişdi. Mazkur röyxat 2016 yilning 24 oktabrida APA Milliy anjumani va körgazmasida taqdim etildi. Şunday qilib, röyxat bilan tanişing:

— Bolalar krovatida çoyşab bilan töliq qoplangan qattiq matras bölişi kerak;

— Yumşoq örin-körpalardan voz keçiş lozim - çoyşablar, yostiqlar, yumşoq öyinçoqlar. Uxlaydigan joyda ortiqça narsalar bölmasligi kerak;

— Bolani tamaki tutuni, spirtli içimliklar va giyohvand moddalar ta'siridan asraş zarur;

— Ilk yarim yillikda çaqaloq ota-onasi bilan bir xonada yotişi kerak, lekin öz örnida. Şunda tasodifiy ölim holati 50 foizga qisqaradi, bu tadqiqotlar tomonidan bir neça marta tasdiqlangan. 

"Ota-onalar bilan bir xonada, lekin boşqa örinda uxlaş tasodifiy bolalar ölimini 50 foizga kamaytirişiga dalillar mavjud", - deyiladi statistika ma'lumotlari ilova qilingan hujjatda.