“Özgidromet” tezkor gidrometeorologik axborot e’lon qildi.

“21-24 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin”, deyiladi axborotda.

Xabar qilinişiça, quyidagi hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin:

Toşkent viloyati - Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati - Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati - Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati - Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söralmoqda. 

Ma’lum qilinişiça, respublikaning ayrim hududlarida yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.