Fransiyadagi 96 departamentning 49 tasida eng yuqori — qizil darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat milliy meteorologiya xizmati Météo-France ma’lum qildi.

Meteorologlarning ta’kidlaşiça, ilgari heç qaçon bir vaqtning özida bunçalik köp departamentda qizil darajadagi xavf e’lon qilinmagan. Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.

“Jazirama harorat kelasi hafta ham davom etişi, hatto yanada kuçayişi ehtimoldan xoli emas”, deyişmoqda sinoptiklar.

Bundan taşqari, 40 departamentda xavfning bir poğona past — töq sariq, 7 departamentda sariq darajadagi ogohlantiriş joriy etildi.

Avvalroq Fransiya milliy ta’lim vaziri Eduar Jyeffre, yuqori harorat sababli 845 ta maktab vaqtinça yopilişini ma’lum qilgandi. Yana 1,8 mingta ta’lim muassasasida dars jadvali özgartiriladi: öquvçilar tuşgaça öqiydi.