12-avgust kuni Çirçiq şahrida muddatidan oldin tuğilgan uç egizak çaqaloq bir neça soat içida vafot etdi. Oila aʼzolari tuğuruqxonada ularni saqlab qoliş uçun zarur şaroit va jihozlar yetarli bölmaganini aytmoqda. Şifokorlar esa aksinça, öşa kuni barça zarur apparatlar mavjud bölganini, çaqaloqlar öta kiçik vaznda va çuqur çala tuğilgani sababli saqlab qoliş imkoni bölmaganini bildirmoqda. Kun.uz voqea yuzasidan Çirçiq şahriga borib, çaqaloqlarning yaqinlari va tuğuruq majmuasi şifokorlari bilan suhbatlaşdi. Suhbatlar davomida voqeaga doir bir-biridan keskin farq qiluvçi ikki xil pozitsiya maʼlum böldi.

Uç egizak onasining daʼvosi

Toşkent viloyatidagi asosiy perinatal markaz taʼmirlaş uçun yopiq bölgani sababli 26 haftalik uç homilali Madinabonu Abdozova Çirçiq şahar tuğuruq majmuasiga murojaat qilgan. Onaning aytişiça, u 10-avgust kuni tuğuruqxonaga oddiy qorin oğriği sabab, oğriq qoldiruvçi dori olib, uyiga qaytiş niyatida borgan. Tekşiruv va tahlillardan söng esa oyoqlarida şiş paydo bölgani aniqlanib, u reanimatsiyaga yotqizilgan. Onaning sözlariga köra, u yerda qon bosimini tuşiruvçi dorilar va tomir orqali muolajalar qilingan. Keyingi kuni ahvoli yaxşilangaç, oilasi uni SamPIga olib borişni rejalaştirgan. Onaning aytişiça, tez yordam ham çaqirilgan, biroq tuğuruqxona xodimlari uning holati barqarorlaşganini aytib, maşinani qaytarib yuborgan.

«Menga bir kunda törtta kateter qöyişdi ular, moçevoy kateter. Özi mana şu kateterdan keyin kuçanib, dard keliş boşlandi. Şaroiti yöq ekan, tuğdirişi kerak emasdi. Meni SamPIga yuborişlari kerak edi. Tez yordam ham kelgan. Lekin ahvoli barqaror böldi, hammasi yaxşi, deb tez yordamni qaytarib yuborişdi», - deydi u.

«Bitta vakuum bor ekan, u ham boşqa bolada edi»

Afsuski, 12-avgust kuni tuğilgan uç egizakning barçasi vafot etgani maʼlum böladi. Çaqaloqlardan biri tuğilganidan taxminan 4 soat ötib, qolgan ikki nafari esa 10 soat içida hayotdan köz yumgan.

Çaqaloqlarning yaqinlari ölimga sabab tuğuruqxonadagi şaroit ekani bilan boğliq eʼtirozlarini bildirmoqda. Ularning aytişiça, uç egizakning hayotini saqlab qoliş uçun zarur bölgan ayrim jihozlar öşa kuni yetarli bölmagan. Marhum çaqaloqlarning yaqinlaridan biri Nargiza Yunusovaning sözlariga köra, oila aʼzolari bolalar tuğilgaç, ularni körgan va mavjud şaroitni öz közlari bilan kuzatgan.

«Vakuumga solişmadi ularni, çunki vakuumi yöq ekan. Bitta vakuum bor edi, unda bir yarim kilolik bola yotardi. Men aytdim: “Şaroitinglar yöq ekan, nega order berib, SamPIga yubormadinglar?” - dedim. Hozir XXI asr-ku. Bir yarim kilolik bola vakuumda yotibdi, faqat kislorodini olişdi. Boşqa heç narsasini olişgani yöq. Biz özimiz kirib kördik, nima qiladi yolğon gapirib», - deydi u.