Özbekistonda qişloq xöjaligi ekinlari va ularni agrokimyoviy himoya qiliş işlari kuçaytiriladi. Şu maqsadda, 2016 yil 24 oktabrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Ösimliklarni himoya qiliş tizimini yaxşilaş va qişloq xöjaligiga agrokimyoviy xizmat körsatişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, «Özagrokimyohimoya» aksionerlik jamiyati taşkil etiladi.
Uning tarkibiga:
«Özkimyosanoat» AJ tarkibidan çiqarilgan holda «Özagrokimyohimoya» AJning «Qişloqxöjalikkimyo» hududiy aksionerlik jamiyatlari qoşida barpo etiladigan hududiy bölinmalari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar ösimliklarni himoya qiliş markazlariga qaraşli mulkning bir qismi;
«Qişloqxöjalikkimyo» HAJ tarkibidagi tuman va tumanlararo bölimlari negizida taşkil etiluvçi «Agrokimyohimoya» HAJ tuman (şahar) bölimlari hamda ösimliklarni himoya qiliş bölinmalari;
Respublika ösimliklarni himoya qiliş va agrokimyo markazi tarkibiga kiruvçi Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi ösimliklarni himoya qiliş markazlari mol-mulkining bir qismi va çigirtkaga qarşi kuraş xizmati negizida taşkil etiluvçi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida çigirtka va tut kuyasiga qarşi kuraş xizmatlari bölimlari;
Respublika ösimliklarni himoya qiliş va agrokimyo markazi tarkibiga kiruvçi Respublika agrokimyo stansiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar agrokimyo stansiyalari negizida barpo etiluvçi «Agrokimyo stansiyasi» MÇJ;
Respublika ösimliklarni himoya qiliş va agrokimyo markazi tarkibiga kiruvçi Respublika öquv-işlab çiqariş biolaboratoriyasi negizida taşkil etiluvçi «Respublika öquv-işlab çiqariş biolaboratoriyasi» MÇJ;
Respublika ösimliklarni himoya qiliş va agrokimyo markazi tarkibiga kiruvçi Özbekiston ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti negizida taşkil etiluvçi «Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti» MÇJ.
Prezident qarori bilan «Özagrokimyohimoya» AJning asosiy vazifalari va faoliyatining yönalişlari aniqlab berilgan. Xususan, qişloq xöjaligini mineral öğitlar, ösimliklarni himoya qiliş kimyoviy va biologik vositalari bilan ta'minlaş, çigirtka, zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari va begona ötlarga qarşi kuraş borasida yagona texnik va texnologik siyosatni yuritiş belgilangan.
Şuningdek, mazkur qaror bilan «Özagrokimyohimoya» AJ taşkiliy tuzilmasi va AJ tarkibiga kiruvçi 30ta taşkilot röyxati tasdiqlangan. Qayd etilişiça, mazkur AJ boşqaruvi raisi va uning örinbosarlari aksionerlik jamiyatining umumiy majlisida saylanib, lavozimga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi qayd etilgan. Ular maqomi böyiça vazir va vazir örinbosarlari maqomiga tenglaştiriladi.








