Tesla Motors kompaniyasida asta-sekinlik bilan işlar yurişmoqda. Bu haqida Engadget naşri xabar berdi. Ötgan haftada kompaniya vakillari hozir işlab çiqarilayotgan barça avtomobillar kelajakda ham yaratilişi, ular mustaqil harakatlana olişi va avtonom bölişi haqida e'lon qilişgan. 

Tesla Model S avtomobili hammaga manzur, u ötgan yilga nisbatan 59 foizga köproq sotilmoqda. Şu bilan birga Tesla Motors joriy yilning uçinçi çoragida deyarli 22 million AQŞ dollari miqdoridagi daromadni qayd etgan. Ha, u qadar köp emas, lekin şunga qaramay, kompaniya ösişni boşladi, bu esa tahsinga loyiq. 

Işlab çiqariş hajmi ham sezilarli ravişda ösgan. Ötgan yil bilan taqqoslaganda, Model S va X buyurtmalari 92 foizga, joriy yilning ikkinçi çoragiga nisbatan esa – 37 foizga köpaygan. 

Ana şunday umidli yangiliklar fonida Tesla 2017 yilning oxirida yangi — Model 3 işlab çiqarişni boşlaşini tasdiqladi. Hozirgi vaqtda buning uçun barça zarur uskunalar xarid qilingan bölib, Tesla işlab çiqariş liniyalarini yölga qöyişga tayyorlanmoqda. 

Tesla Motors’ning SolarCity bilan hamkorlikdagi loyihalari ham amalda, barçasi rejadagidek ketmoqda. Ertaga, 28 oktabrda Tesla avtomobillar tomida örnatiladigan yangi quyoş panellarini körsatadi - kompaniya rahbari Ilon Mask bu juda qiziq bölişiga va'da bermoqda.