Şunday kompaniyalar borki, ularning faoliyati haqida köpçilik eşitmagan, ular diqqat markazidan taşqarida. vc.ru kamdan-kam keng muhokama qilinadigan yirik kompaniyalar faoliyatini örganib, ular haqida ma'lumot taqdim qildi. 

McKesson

McKesson — Amerikaning farmatsevtika kompaniyasi, AQŞ va Kanadaning eng yirik dori-darmon distribyutori. Kompaniya barça dori preparatlarining uçdan birini Şimoliy Amerikaga yetkazib beradi. McKesson'ga 3000dan ortiq dorixonadan iborat Health Mart françayzing tarmoği tegişlidir. 

Glencore

Glencore plc — Şveytsariyaning Baar şahrida joylaşgan transmilliy xom aşyo treyderi. Hozirgi kompaniya 2013 yilda Glencore'ning Xstrata toğ-kon korxonasi bilan qöşilişi natijasida hosil bölgan. Bugungi kunda Glencore plc butun dunyo böylab 150dan ortiq aktivlarga egalik qiladi. 

Kompaniya uç yönalişga ixtisoslaşgan: metallurgiya, energetika va qişloq xöjaligi. Glencore — mis, nikel, alyuminiy yetkazib beruvçi eng yirik kompaniya, bundan taşqari u yana rux va ferroxrom yetkazib beriş böyiça yetakçi örinlarda. Argentina, Çili, Peru va Qozoğistondagi toğ-kon aktivlari mazkur kompaniyaga tegişli. 

Şuningdek kompaniya don mahsulotlari, yoğli uruğlar va şakar yetkazib beriş bilan ham şuğullanadi. Glencore'ning asosiy agrosanoat aktivlari MDH davlatlari, Avstraliya va Janubiy Amerikada töplangan. 

Kompaniya butun dunyo böylab 90dan ortiq idoralarini oçgan, ularda 160 mingça kişi faoliyat yuritadi. 2015 yil yakunlariga köra, kompaniya daromadi 172,7 milliard dollarni taşkil qilgan. 

Vitol

Vitol — Jyenevada joylaşgan xalqaro kompaniya. Vitol'ning asosiy faoliyat sohasi — neft va neft mahsulotlari bilan savdo qiliş. Har kuni kompaniyada taxminan 5 million neft barreli aylanadi, Yaponiya har kuni taxminan şunça miqdordagi neftni iste'mol qiladi. Kompaniyaning butun dunyo böylab 40dan ortiq vakolatxonalari mavjud.