Domen nomlar registratori GoDaddy emodzili böş manzillarni qidiriş va ularni  sotiş xizmatini işga tuşirdi.

Mobil qurilmalar foydalanuvçilari xizmat saytiga kirib, emodzi simvollarini kiritib, domen nom böşligini tekşirib körişlari mumkin. Xizmat şuningdek piktogrammali tasodifiy manzil böş ekanligini bilişni taklif qiladi. Xizmat emodzi-manzilni yiliga 4,99 dollarlik haq uçun sotadi.

GoDaddy ma'lumotiga köra, hozirda emodzili domen nomlarini faqatgina .ws. domen hududida sotib oliş mumkin.

Texnik jihatdan bunday manzillardan foydalaniş imkoniyati bir neça yildan beri mavjud. Biroq domenlar standart kompyuter klaviaturalari faqatgina ASCII kodirovkasidagi simvollarni kirita olgani uçun unçalik ommabop bölmagan. Emodzi bu töplamga kirmaydi, şuning uçun foydalanuvçilarda domenni manzillar qatoriga kiritişda muammolar vujudga kelişi mumkin bölgan.

Cnet ma'lumotlariga köra, emodzili domen nomlariga ehtiyoj internetning mobil auditoriyasi oşgani sayin oşib borgan.