Amerikalik erkak Nike kompaniyasi tomonidan ötkazilgan xayriya lotereyasida kompaniya tomonidan 89 dona işlab çiqarilgan, özi boğlanuvçi Nike MAG krossovkasini yutib oldi. U 10 minglab dollarga sotiş mumkin bölgan noyob poyabzalni bor-yöği 50 dollar sarflab qölga kiritdi.
Oktyabr boşida Nike kompaniyasi bu krossovkalarni tarqatişni katta kölamli lotereyaga aylantirdi. Lotereyadan tuşgan barça mablağ aktyor Maykl Jyey Foks tomonidan asos solingan Parkinson kasaliga qarşi kuraşuvçi jamğarmaga yönaltiriladi.
Krossovkalardan bir qismi auksionlarda sotilgan, bir qismi esa xayriya badalini kiritganlar orasida öynalgan. Krossovkaga ega böliş imkoniyatini beruvçi bir çipta narxi 10 dollar turgan.
Kris ismli bu erkakning aytişiça (u öz familiyasi va turar manzilini aytişdan qörqqan), u aksiyada deyarli tasodifan iştirok etgan va Jyey Foks jamğarmasiga 50 dollar jönatgan. Oktyabr oxirida unga ğolib bölgani haqida maktub kelgan. 27 oktabrda krossovkalar ğolibga yetkazib berilgan.
Endi Kris krossovkani nafaqat kiymayapti, balki ularni avvaldan polga oq latta töşab, bir poylab kiyib körmoqda. Uning aytişiça, krossovka göyoki çanği botinkalariga öxşab ketadi.
Kris xuşxabar bilan tvitterda bölişganda, unga krossovkani sotib oliş haqida takliflar kela boşlagan. Biroq Kris hozirça yutuğini sotiş-sotmaslik haqida bir qarorga kelmagan. U krossovkaga xaridor topilgunça, uni saqlaş kamerasiga joylaştirib qöyişni öylamoqda.
20 oktabrga kelib antiqa krossovkalarni sotişdan tuşgan mablağ 6,75 mln dollarni taşkil qildi. Krossovkalar "Kelajakka qaytiş 2" filmining boş qahramoni poyabzalining nusxasi hisoblanadi. Şu boş qahramon rolini aynan Maykl Jyey Foks ijro etgan.








