Özi boğiçlanuvçi Nike Mag krossovkasi Gonkongdagi auksionda 104 ming dollarga sotildi. Bu haqda The Mashable naşri xabar bermoqda.
Xaridor nomi ma'lum qilinmagan. Olingan mablağlardan bir qismi Parkinson kasalligini örganiş bilan şuğullanuvçi J. Fox Foundation (MJFF) jamğarmasiga yönaltiriladi.
Maşhur "Kelajakka qaytiş" filmidagi özi boğiçlanuvçi krossovkalarga öxşaş işlangan Nike Mag sentabr oxirida rasman taqdim qilingandi. Undagi maxsus texnologiya tortiluvçi boğiçlar krossovka egasining harakatlariga moslaşiş uçun ularga individual ravişda javob berib, krossovkaning qulay kiyib yurilişiga imkon beradi.
Krossovkalar savdoda kuz oxirida paydo böladi.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQŞda asos solingan va dastlab Blue Ribbon Sports deb atalgan. Uning boş qarorgohi Oregon ştatidagi Biverton şahrida joylaşgan.











