Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Asilbek Xudayarovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

«Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosariga (Xudayarov) Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Virtual qabulxonasiga Urganç va Qönğirot tumanlarida yaşovçi 1-guruh nogironlari Yu. Jumaniyozova va D. Maxmurovalardan kelib tuşgan murojaatlarni hal etişda sansalorlikka yöl qöyganligi uçun hayfsan e'lon qilindi», — deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Şavkat Mirziyoyev Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktoriga hayfsan e'lon qilişga körsatma bergani xabar qilingandi.

Şuningdek, Pop hokimi Boş vazir virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarni hal etişda soxtalikka yöl qöygani uçun hayfsan olgan.