Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada tirik organizmlarni yeyish hisobiga energiya oluvchi robot yaratildi
Bristol universiteti olimlari Robot texnikalari labaratoriyasi hamda Kembrij universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda suv o‘lchagich namunasidagi yumshoq robotni yaratishdi. Robotning o‘ziga xosligi shundaki, u tirik organizmlarni iste'mol qilish evaziga o‘ziga kerakli energiyani oladi. Bu haqida "New scientist" nashrida ma'lum qilindi.
Robotning ovqat hazm qilish tizimi yumshoq polimer membranadan tayyorlangan og‘iz bo‘shlig‘iga o‘xshagan materialdan iborat. Oshqozon rolini bakteriyalar bilan mikrobli yonilg‘i elementi (MFC) bajaradi. Ular biomassani qayta ishlashadi va buning natijasida MFC robot uchun kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Qayta ishlangan material robotning orqa qismida joylashgan teshik orqali chiqariladi.
Tadqiqotlarning ushbu bosqichida biomassani yutish natijasida olingan energiya robotga yetarli emas, biroq mutaxassislar bu borada o‘z izlanishlarini davom ettirishmoqda. Jamoa og‘iz va ichak uchun yumshoq materiallarni qo‘llash hisobiga energiyaning ortiqcha sarflanishini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, MFC'dagi bakteriyalar sonini ko‘paytirib, mahsulotning samaradorligini oshirdi.
Robotning afzalliklaridan biri uni zaryadlash, batareyalarni almashtirishga hojat yo‘qligidadir, ya'ni u inson aralashuvini talab qilmaydi. Bu robotni real sharoitlarda - ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan suv havzalarida ishlashiga mos ekanligini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
17:26 / 23.06.2026