Tramp 5-oktabr kuni jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Vaşington Irkutsk viloyatidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini aytdi.

«Biz yordam beramiz. Bunday muammoga duç kelgan har qanday tomonga doim yordam beramiz», - dedi AQŞ prezidenti.

Şu bilan birga, Tramp uşbu masala yuzasidan Rossiya rasmiylari bilan hali muloqot qilmaganini qayd etdi. Yordamning aniq şakli va muddati haqida maʼlumot berilmadi.

Ölat bölişi mumkinligi haqidagi xabarlar Irkutsk ölatga qarşi institutida işlagan 28 yoşli Darya Şipilovaning vafotidan keyin tarqalgan. U sentabr oxirida şifoxonaga yotqizilgan va 2-oktabrda vafot etgan. Rospotrebnadzor unga «kelib çiqiş sababi aniqlanmagan pnevmoniya» taşxisi qöyilganini bildirgan.

Mahalliy OAV maʼlumotlariga köra, voqeadan keyin qariyb 200 kişi karantinga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda laboratoriyada ölat qözğatuvçisi saqlangan probirka singani haqida ham taxminlar tarqalgan.

Biroq Rospotrebnadzor institutda patogen mikroorganizmlar bilan işlaş jarayonida avariya holatlari aniqlanmaganini maʼlum qildi. Idoraga köra, bemordan olingan namunalarda uning kasbiy faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar ham topilmagan.

Idoraning keyingi bayonotida Irkutsk viloyatida sanitariya-epidemiologik vaziyat osoyişta ekani, bemor bilan muloqotda bölganlarning 60 foizi ustidan tibbiy kuzatuv yakunlangani aytilgan. Tekşiruvlarda ikki kişida COVID-19 va yana ikki kişida rinovirus infeksiyasi aniqlangan, boşqa infeksiya qözğatuvçilari topilmagan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham jurnalistlarni Rospotrebnadzor bayonotlariga tayanişga çaqirgan va hodisa tafsilotlarini muhokama qilmagan.

Irkutskdagi voqealar haqidagi xabarlar ortidan Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham ehtiyot çoralari körilmoqda. Qozoğiston va Qirğiziston sanitariya-karantin nazoratini kuçaytirgan.

Özbekistonda esa öta xavfli infeksiyalarning mamlakatga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş uçun tegişli xizmatlar şayligi oşirilgan. Sanepidqömita vaziyat rasmiy maʼlumotlar asosida kuzatilayotganini bildirib, aholini tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikka çaqirgan.

Ozarboyjon Soğliqni saqlaş vazirligi Rossiyadan kelayotgan xabarlardan xabardorligini, biroq hozirça çegara nazoratini kuçaytirişga zarurat körmayotganini maʼlum qilgan.