Qişda organizmda nimalar sodir böladi?

Qorböron öynaş, qor bola yasaş va snoubordlarda uçiş juda maroqli, biroq olimlarning mavsumiy kasalliklar statistikasi böyiça kuzatuvlari natijasi u qadar ijobiy emas. Ayrim tadqiqotlar şuni körsatadiki, odamlar qiş faslida köproq kasal böladi, yilning sovuq davrida ölim körsatkiçi ham ortadi.

Umuman olganda, sovuq haqiqatan ham xavfli hodisa bölişiga qaramay, bariga uni aybdor qiliş yaramaydi. Ayrim mamlakatlarda aynan qişda köpayadigan yurak qon-tomir kasalliklaridan himoya qilişda qalpoq kiyiş yordam bera olmasligi aniq.

Köçada havo harorati pasayganda qon bosimi va xolesterin körsatkiçi ösadi. Şuning uçun yilning sovuq davrida ovqatlaniş va tonometr körsatkiçiga ayniqsa e’tiborli böliş yanada muhim. Yana qiş oylarida havo namligi pasayadi: quruq havo esa infeksiya qözğatuvçilariga mayda zarralarga böliniş va havoda köproq qoliş imkonini beradi. Demak, gripp yuqtirib oliş xavfi ortadi. Xavfni kamaytirişda niqob taqiş, suv içiş rejimi va ijtimoiy masofaga amal qiliş hamda qöllarni muntazam yuvib yuriş yordam beradi.

Immunitetni mustahkamlaş va organizmning infeksiyalardan himoyalanişiga D vitamini ham öz hissasini qöşadi. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, «quyoş» moddasi kötarilgan qon bosimi va xolesterin darajasini pasaytirişi mumkin. Bu esa sovuq mavsumda ayniqsa muhim. Qiş faslida tez-tez kuzatiladigan vitamin yetişmovçiligi ham qandli diabet, qon bosimi oşişi va yurak yetişmovçiligi xavfi ortişi bilan boğliq.

D vitamini organizmga nima uçun kerak va u yetişmayotganini qanday biliş mumkin?

D vitamini soğlom suyaklar asosi bölgan kalsiy organizmga sörilişida yordam beradi. Mazkur vitamin yetişmasligi osteoporoz va raxitga olib kelişi, şuningdek, suyak töqimasi yöqolişi tufayli sinişlar xavfini oşiradi.

Bundan taşqari, ayrim tadqiqotçilar «quyoşli» yordamçi defitsitini teri yalliğlanişi, şuningdek, depressiya holati paydo bölişi va mavsumiy affektiv buzilişlar rivojlanişi xavfi bilan ham boğlaşadi. Bu uning seratonin faollaşuviga ta’siri bilan izohlanadi. Yana şunday ma’lumotlar borki, ularga köra, D vitamini immunitet va muşaklar salomatligini qöllab-quvvatlaydi. Uning yetişmovçiligi esa saratonning ayrim turlari uçun ölim körsatkiçi ortişi bilan boğliq bölişi mumkin.