Britaniyaning AutoExpress naşri dunyodagi seriyali işlab çiqariluvçi eng tez yöltanlamas Bentley Bentayga bilan SVAutobiography deb nomlanuvçi haşamdor Range Rover örtasida poyga taşkil etdi. Kuç sinaşiş start çiziğidan boşlandi va bir kilometr masofaga sarflanadigan vaqt hamda marraga çiziğidagi eng yuqori tezlik bilan ölçandi. 

Bentley 608 ot kuçiga ega olti litrlik W12 benzinli dvigateli bilan jihozlangan bölib, sakkiz bosqiçli «robot» yordamida harakatlanadi. U 4,1 soniyada «yuz»ga çiqadi. Eng yuqori tezligi soatiga 301 kmni taşkil etadi. 

5 litrlik, 510 ot kuçiga ega motor örnatilgan Range Rover SVAutobiography mexanik kuçaytirgiçga ham ega bölib, sakkiz diapazonli ZF avtomatik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. U 5,4 soniyada «yuz»ga çiqadi.

AutoExpress naşri ölçovlariga köra, Bentayga 4,3 soniyada 96 kmlik marrani bosib ötgan bölsa, Range Rover 5,4 soniyada uşbu tezlikka erişgan. Avtomobillar 160 km/soat tezlikka tegişli ravişda 9,6 va 12,9 soniyada çiqişga muvaffaq bölgan. Bentley yöltanlamasi bir kilometr masofani 22,7 soniyada ortda qoldirgan bölsa, Range Rover 25,2 soniyada marraga yetgan. Marra çiziğida ularning tezligi 238 km/s va 210 km/soatdan iborat bölgan.