Afğonistonda tinç aholining önlab vakillari mamlakat şimoli-şarqida amalga oşirilgan havo zarbalari oqibatida halok böldi. Bu haqda politsiyaga asoslanib, Pajvok agentligi ma'lum qilgan.

Agentlik ma'lumotiga köra, 3 noyabrga ötar keçasi Qunduz viloyati hududida amaliyot ötkazilgan.

Qurbonlar soni kamida 30 nafar, yana 25 kişi jarohatlangan. Jabrlanuvçilar orasida ayollar va bolalar ham bor. Şuningdek, önlab uylar vayron bölgan.

Frans Press agentligi xabariga köra, NATO harbiylari "Tolibon" pozitsiyalariga bergan zarbalardan biri natijasida 2 nafar amerikalik askar ham halok bölgan. Ular hududda tozalaş işlari olib borayotgandi.