Rossiya va Ukraina AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatlar örtasida «energetika sulhi» eʼlon qilinganidan bir neça soat ötgaç, bir-biriga zarba berişni davom ettirdi.

15-sentabrga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari «Rosneft»ning Samara oblastidagi Sizran neftni qayta işlaş zavodiga zarba berdi, korxonada yonğin çiqqan. Tunda region uzra jami 40 dan ortiq dron urib tuşirilgan. Taganrogda Ozon omborlari, mahalliy qişloq xöjaligi korxonasi, öquv binosi, dökon va bir neça turar joylar şikastlangan. Astra maʼlumotiga köra, «Taganrog-Sentralniy» harbiy aerodromi ham zarbaga uçragan. Taganrogda ham, Samara oblastida ham jabrlanganlar töğrisida xabar berilmagan.

photo_2026-09-15_17-58-48
Foto: Astra

Öz navbatida, tongda Rossiya dronlari Kiyevga hujum qildi. Sakkiz kişi jarohat olgan, zarba oqibatida şaharning Darnitskiy va Goloseyevskiy rayonlaridagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari yonib ketgan. Şuningdek, Kiyevning turli qismlaridagi ombor va bir neça noturar joylar zarbaga uçragan. Zaporijjyada infratuzilma obyektiga zarba oqibatida bir kişi halok bölib, tört kişi jarohat olgan.

«Rossiya energetika, oddiy logistika va muhim infratuzilmalarimiz böylab zarba berişni töxtatmayapti. Bunga javobimiz – sezilarli böladi», – deya yozdi tongda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Navbatdagi hujumlardan bir neça soat oldinroq AQŞ prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmoğida Moskva va Kiyev energetika obyektlari böylab zarbalarni töxtatişga kelişib olganini aytgan, dizel narxi oşib ketişining asosiy sababi AQŞning Eron bilan uruşi emas, balki Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi ekanini qöşimça qilgandi.

Financial Times naşri u bunday bayonot berişda şoşilganini qayd etdi. Energetik sulh ğoyasi haqiqatan ham muhokama qilingan: dastlab AQŞ, Rossiya va Ukrainaning uç tomonlama uçraşuvlarida, fevral oyidagi muzokaralar töxtab qolişidan keyin esa alohida muzokaralarda va yopiq kanallar orqali. Biroq, gazeta suhbatdoşlari taʼkidlaşiça, Putin qiş arafasida bunday kelişuv tuzişni istamaydi. Moskvadagilar sovuq mavsumda Ukraina energetikasiga berilgan zarbalar Kiyevga bosimni kuçaytiradi va uni yon berişga majbur qiladi, deb hisoblaydi.

Ukrainalik ikki yuqori martabali mulozim FT bilan suhbatda Trampning bayonotini saylovçilarga hukumat yoqilği narxini pasaytiriş ustida işlayotganini körsatiş istagi bilan izohlagan. Bu Tramp qimmat dizel uçun javobgarlikni Ukrainaga yuklaşi bilan boğliq ilk holat emas. 13-sentabr kuni u Zelenskiyni Rossiyadagi dizel işlab çiqaruvçi neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişni töxtatişga çaqirib, bunday zarbalar «butun dunyoga zarar yetkazayotgani»ni aytgandi.