Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi smartfon sotish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Foto: Jeff Chiu / AP
Xiaomi kompaniyasi hoshiyasiz Mi Mix smartfoni sotuvi boshlanganidan so‘ng 10 soniya ichida birinchi partiya mahsulotni sotishga ulgurdi. Bu haqda Android Headlines xabar berdi.
Bu Xitoy ishlab chiqaruvchisi uchun rekord natija hisoblanadi.
Xitoyda Mi Mix sotuvi 4 noyabr kuni, mahalliy vaqt bilan 10:00da boshlandi. Oradan o‘n soniya o‘tib, barcha smartfonlar sotib bo‘lindi. Qolgan xaridorlarga esa SMS orqali qurilma tugagani to‘g‘risida ma'lum qilindi. Xiaomi kompaniyasining Mi Note 2 qurilmasi 50 soniya ichida sotib tugatilgan edi.
Mi Mix oktabr so‘ngida taqdim etilgandi. U 2040 x 1080 pikselli 6,4-dyuymga ega displeyga ega bo‘lib, chetlari hoshiyasiz tarzda ishlangan. Displey old panelning 90 foiz qismini egallagan. Qurilma, shuningdek, 2,35 gigagersli, to‘rt yadroli Snapdragon 821 protsessori bilan ta'minlangan. Smartfon korpusi keramikadan ishlangan.
Mavzuga oid
17:00 / 15.12.2025
Xiaomi’dan Yangi yil aksiyasi: 15-31 dekabr kunlari Redmi smartfonlariga maxsus narxlar
00:11 / 14.12.2025
Xiaomi “ChatGPT qotili”ni ishlab chiqdi
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:06 / 28.10.2025