Prezident Şavkat Mirziyoyev 28-avgustda Toşkentda Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda nutq sözladi.

Davlat rahbari bugun mamlakatimiz tarixning yanada masʼuliyatli va hal qiluvçi pallasida turganini, taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qöyayotganini taʼkidladi.

– Kelgusi ön yillik biz uçun milliy yuksaliş davri böladi, – dedi Mirziyoyev.

Mazkur davrni faqat xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi orqali bunyod etiş mumkinligi qayd etildi.

Şu maqsadda kelgusi yillarda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oşiriladi.

Birinçi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirişga qaratilgan. Bolalarning 6 yoşli tayyorlov guruhlariga qamrovi qisqa muddatda 100 foizga yetkaziladi. Xususiy boğça taşkil qiliş böyiça mavjud imtiyozlar saqlab qolinadi.

Ikkinçi milliy dastur xalqning soğlom bölişi va uzoq umr körişini taʼminlaşga xizmat qiladi. Aholi salomatligi bilan boğliq davlat xarajatlari kelgusi beş yilda yalpi içki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziladi.

– Uçinçi milliy dastur – iqtisodiyotimizni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga ötkaziş, – dedi davlat rahbari. Buning uçun kelgusi ön yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

Törtinçi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan özgartirişga qaratiladi. Kelgusi beş yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.

Beşinçi milliy dastur sud mustaqilligini kuçaytiriş va qonun ustuvorligini umumiy qadriyatga aylantirişga qaratilgan. Huquqiy tarbiya maktabdan boşlab aniq tizim asosida yölga qöyiladi. Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuçaytiriş böyiça islohotlar qatʼiy davom ettiriladi.

Oltinçi milliy dastur mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisiga aylantirişga yönaltiriladi.

– Endi davlat dasturlarini işlab çiqiş böyiça yondaşuv butkul özgaradi, dedi prezident.

Tuman byudjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalari mahalla buyurtmasi asosida işlab çiqiladi. Fuqarolarning talab va ehtiyoji, mahallaning farovonligi eng asosiy mezon sifatida belgilanadi.

Yettinçi milliy dastur Özbekistonning tinçlik va döstlik diyori, bağrikeng ölka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirişga qaratiladi.

– Bugungi notinç zamonda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik xalqimizning oltin fondi, bebaho boyligidir, – dedi prezident.