Pentagonda Iordaniya poytaxti Amman yaqinidagi maşğulot bazasida yuz bergan voqea oqibatida halok bölgan amerikalik harbiylar soni 3 nafargaça oşgani tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinişiça, baza qöriqlaş xizmati bilan çiqqan nizoda jiddiy jarohatlar olgan ikki nafar amerikalik harbiy instruktor halok bölgan. 

"AQŞning uç nafar harbiysi Iordaniyadagi voqea oqibatida halok böldi. Ikki yaralangan harbiy Ammandagi şifoxonaga yetkazilganlar va u yerda jon berganlar", deb aytdilar Pentagon vakillari va dastlab bir harbiy halok bölgani, ikki harbiy yaralangani ma'lum qilinganini qöşimça qilişdi. 

Voqea Al-Jafr aholi punktidagi harbiy bazada yuz bergan. Ma'lumotlarga köra, amerikalik instruktorlar bölgan avtomobil baza qöriqlaş xizmatining töxtaş talabiga böysunmay, baza hududiga kirmoqçi bölgan. Şundan keyin tomonlar orasida otişma çiqqan. Otişmada bir nafar iordaniyalik zobit ham yaralangan.