Qozoğistonning Oqtöbesida töy korteji yölda harakatlanişga tösqinlik qilib, tez yordam maşinasini ötkazib yubormagan. Tez yordam maşinasida yoruğlik signallari yoqiq bölgan, biroq sirenasi işlamagan. Körinişiça, baxtiyor yoşlar tez yordam maşinasini sezmay qolişgan.
"Mana bugun töy korteji şu tariqa tez yordam maşinasini ötkazib yubormadi. Migalka yoqiq bölgan, biroq sirena işlamagan. Hurmatli haydovçilar, tez yordam maşinasini ötkazib yuboring va qiyinçiliklar yaratmang!", deb çorladilar rolik çop etilgan ZELLO AKTOBE sahifasi ma'murlari Instagram’da.
Videodan körinişiça, video tez yordam maşinasi içidan olingan.
Töy kortejining bu "qilmişi" köpçilik tomondan tanqidga uçradi. Töy kortejlarining özboşimçaligidan "töygan" foydalanuvçilar ularni "kurakda turmaydigan sözlar" bilan koyib ketişgan.
Öz navbatida sahifa ma'murlari bunday voqealar ortidan kuzatib, qoidabuzarlar tez yordam maşinalarini ötkazmagan roliklarni çop etişga va'da berdilar. Ular şu tariqa tez yordam şifokorlarining oğir işlarida ozginça bölsa ham öz yordamlarini bermoqçilar.











