Ukraina milliy banki mamlakatda WebMoney, "Yandeks.Dengi", Qiwi Wallet, "Wallet one/Yedinyy koşelek" tölov tizimlarini qöllaşni taqiqlab qöydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Xabarga köra, bunday qarorga Ukraina markaziy banki bilan xizmatlarni taqdim qiliş böyiça kelişilmagani sabab bölgan.
Ta'kidlanişiça, Ukraina markaziy banki WebMoney.UA davlat içki tölovlar tizimi işini ma'qullagan.
RIA “Novosti” axborot agentligiga "Yandeks.Dengi" matbuot xizmatida ma'lum qilinişiça, xizmat Ukrainada faoliyat yuritmaydi va butun dunyo böylab Rossiya qonunçiligiga muvofiq ravişda Rossiya markaziy banki litsenziyasi böyiça işlaydi.
Rossiya tölov tizimlari Ukrainaning 31 oktabrda kuçga kirgan sanksiyalari ostiga tuşdi. Ular orasida "Kolibri", "Zolotaya korona", "Yunistrim", "Mejdunarodnyye denejnyye perevody "Lider", Anelik, Blizko kabi tölov xizmatlari bor.









