WM Transfer Ltd kompaniyasiga tegişli bölgan WebMoney elektron tölovlar tizimida özbek sömi qiymatiga teng bölgan WMY belgisi paydo böldi.
Endi özbekistonliklar WebMoney tizimida WMY karmonçasini oçib, tovarlar va xizmatlar, mobil aloqa, kommunal tölovlar, internet va boşqa turdagi xizmatlarga tölovlarni sömga tenglaştirilgan qiymatda amalga oşirişi mumkin böladi.
WMY hamyonini UZCARD bank kartalari, OSON mobil ilovasi, PAYNET mobil ilovasi yordamida yoki naqd pul orqali PAYNET tölov şoxobçalarida töldirişi mumkin.
WMY nom belgisini tizimdagi istalgan nom belgisiga (WMZ yoki WMR) ayrboşlaş va butun dunyo böylab WebMoney tizimiga ulangan 100 mingdan ortiq onlayn-dökonlarida xarid qiliş imkonini beradi.
Ma'lumot örnida, ayni paytda WebMoney tizimida WMY (Özbek sömi) bilan birga WMR (Rossiya rubli), WMZ (AQŞ dollari), WME (yevro), WMU (Ukraina grivnasi), WMB (Belarus rubli), WMK (Qozoğiston tengesi), WMV (Vetnam dongi), WMG (BAA dirhami), WMX, WMH va WML (kriptovalutalar) va MDL (Moldova leyi) karmonçalaridan foydalaniş mumkin.









