Özbekistonlik foydalanuvçilar endi internet tarmoği orqali Hamkorbank yordamida Yandeks.Dengax hamyonlarini töldirişlari mumkin, şuningdek hamyonlarni uşbu bankning istalgan bölimida identifikatsiya qilişlari mumkin. Yangi imkoniyat Hamkorbank mijozlari va bank mijozi bölmaganlar uçun joriy etilgan.
Elektron hamyonni yangi usulda töldiriş uçun hamyonlar identifikatsiya qilingan bölişi kerak. Hamyonlarni töldiriş uçun Hamkorbank saytiga kiriş yoki Android va iOS uçun Hamkor Mobile ilovasini yuklab oliş kerak böladi. Undan söng elektron hamyon raqamini, mablağ miqdorini ötkazmani sms orqali kelgan kod bilan tasdiqlaş lozim. Yandeks.Dengi hamyonini töldiriş uçun Uzcard yoki Humo tizimidagi istalgan plastik karta bölişi kifoya.
Hisobni töldirişda foydalanuvçining kartasidan sömlarda mablağ yeçib olinadi va öşa zahoti elektron hamyonga rublda tuşadi. Mablağlar konvertatsiyasi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy kursi böyiça amalga oşiriladi. Hamyonni töldiriş uçun bank komissiyasi 3 foizni taşkil etadi. Bankning özi uni hisoblab çiqadi va oldindan foydalanuvçiga körsatadi. Hamkorbank orqali hamyonni bir marotabada 300 ming rublgaça (44 mln sömgaça) töldiriş mumkin, hamyon hisobida esa 500 ming rublgaça (taxminan 74 million söm) saqlaş mumkin.
Hamyonlarni identifikatsiya qiliş uçun Hamkorbankning istalgan 43 ta filiali va 130 dan ortiq mini-banklariga murojaat etiş mumkin. Buning uçun bank ofisiga pasport bilan taşrif buyuriş , elektron hamyon raqamini aytiş va 25 ming söm tölaş kifoya. Identifikatsiyadan söng foydalanuvçiga Yandeks.Dengi hamyonlarining keng imkoniyatlari taqdim etiladi - jumladan dunyo böylab tölovlar, boşqa hamyonlarga, karta va bank hisob raqamlariga pul ötkaziş, internet orqali pul yiğiş, naqd pulni oliş. Identifikatsiyadan ötgan hamyon egasi 11 ta xorijiy valutada ham hisob oçişi mumkin - rubldan taşqari, dollar, yevro, belarus rubli, qozoq tengesi va boşqalar.









