"2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini jadal kengaytiriş orqali turizmning iqtisodiyotdagi örni va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida" prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 iyundan boşlab turizm sohasidagi barça davlat elektron tizimlari va platformalari Turizmning yagona milliy platformasi doirasida işlab çiqiladi. Bunda:
- joylaştiriş vositalarini platforma orqali band qilayotgan Özbekiston fuqarolariga şaxsni tasdiqlovçi hujjatsiz MylD tizimida identifikatsiyadan ötiş ruxsat etiladi;
- platformaga ulangan joylaştiriş vositalarining şaxsiy kabinetida mehmonlarni QR-kod yoki yuzni taniş tizimi orqali identifikatsiya qiliş imkoniyati yaratiladi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2025 yilda yuqori turistik salohiyatga ega tuman va şaharlarda apart-mehmonxonalar, kapsula uylar va şunga öxşaş boşqa joylaştiriş vositalaridan iborat zamonaviy dam oliş zonalarini yaratiş rejasi;
- 2025 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida turizmni rivojlantirişning maqsadli körsatkiçlari;
- Özbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2025 yilda xorijiy turistlarni Özbekistonga jalb qiliş böyiça reja-jadval;
- xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oşiriş, turizm infratuzilmasini yaxşilaş va tarğibot işlarini kengaytiriş böyiça "Yöl xaritasi";
- 2025 yilda maqsadli bozorlardan sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida turizm biznesi vakillari iştirokida ötkaziladigan taqdimotlar (roadshow) röyxati.












